TIVIT

TIVIT — qo’y, echki, tuya, quyon va mo’ynali hayvonlarning ingichka va mayin juni. Aksariyat jun qatlamining teriga yaqin qismida hosil bo’ladi. Tivit tolasi ingichkaligi 15-30 mikron. Ba’zi qo’y (merinos), echki va quyon zotlari juni faqat Tivitdan iborat bo’ladi. Tivit hayvonlar junini qirqish (yiliga 1-2 marta), tarash yoki tullash paytida sidirish yo’li bilan olinadi. Qo’y Tivitidan eng yaxshi jun mato to’qiladi, echki Tivitidan, asosan, ro’mol, tuya va quyon Tivitidan esa gilam, trikotaj buyumlar tayyorlanadi.