Tiyul, tiul
Tiyul, tiul (qad. turkiycha tegmak fe’lidan) — Eron, Ozarbayjon va Armanistonda er egaligi shakli (15— 19-a.lar). Movarounnahrda tanho deb atalgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, harbiy arboblarga oziq-ovqat uchun berilgan maosh T. deb atalgan. 16-a.da Safaviylar davlatipya davlat xizmatchilariga ma’lum hududdan soliq (to’liq yoki qisman) olish huquqi berilishi T. deb atalgan. 16-a.ning 2yarmidan T. erni in’om etish ma’nosida tushunilgan. T. ba’zan ma’lum mansabdorlarga ularning muayyan xizmatni bajarib turgan davrlari mobaynida, boshqa hollarda esa shaxsiy xizmati uchun umrbod berilgan. 18-a.da shaxsiy T.lar amalda merosiy mulkka aylanib ketgan.
O‘xshash so‘zlar
- Tiyul
- Tizimgul, dorivor tizimgul
- Tizimguldoshlar, tizimgullilar
- Tkachuk Roman Denisovich
- Tlaskala
- Tmutarakan
- To’dako’l suv ombori
- TO’FON


