Tiyin

Tiyin — tanga shaklidagi pul birligi. Qiymati sujning yuzdan bir ulushiga teng. 1994 y. 1 iyuldan milliy valyuta — sum muomalaga kiritilgan kundan boshlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 T.lik tangalar chiqarildi. Tangalar po’latdan tayyorlanib, qiymati 1, 3, 5 T. bo’lganlari jez bilan (sariqrangda) va qiymati 10, 20, 50 T. bo’lganlari esa, nikel bilan (oq rangda) qoplangan. Barcha nominaldagi tangalarning yuzi (aversi) markazida tanganing qiymati va zarb qilingan yili rakamlar bilan ko’rsatilgan, uning tagida bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan «tiyin» so’zi yozilib, tagiga chiziq tortilgan. Tangalarning orqa tomonida (reversida) O’zbekiston Respublikasi gerbi, gerb atrofida 12 ta yulduzcha va doyra bo’ylab «O’zbekiston Respublikasi» yozuvi tushirilgan.