To’dako’l suv ombori

To’dako’l suv ombori — Navoiy viloyatidagi suv ombori. Buxoro shahridan 26 kilometr Sharqdagi tabiiy soylikda, Quyimozor suv omborining Janubi g’arbida barpo etilgan. 1968 yilda ishga tushirilgan. 1977 yilda rekonstruktsiya qilingan. To’liq hajmi 800 million. m3. Suv yuzasining maydoni 17,5 km2, o’rtacha chuqurligi 4,8 metr. To’g’oni balandligi 4 metr, maksimal suv chiqarish imkoniyati 46,0 m3/sekund. O’rtacho’l kanali orqali Zarafshon daryosining ortiqcha suvlarini jamg’aradi, AmuBuxoro mashina kanali orqali Amudaryodan to’ldiriladi. Kanalning etak qismidagi yerlarni qo’shimcha suv bilan ta’minlaydi. Tutashtiruvchi kanal orqali Quyimozor suv omboriga suv beradi. To’dako’l suv ombori suvi qisman minerallashgan. To’dako’l suv omborida baliqchilik xo’jaligi bor.