JABALPUR
JABALPUR — Hindistonning Markaziy qismidagi shahar, Madhya- Pradesh shtatida, Narbada daryosi bo’yida. Aholisi 740 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Savdo-sanoat markazi. To’qimachilik (ip-gazlama), keramika, yog’och-sozlik, metallsozlik, avtomobilsozlik sanoati korxonalari bor. Yog’och savdo qilinadi. Jabalpur yonidan boksit olinadi. Jabalpur 19-asrning 1-yarmida inglizlarning harbiy bazasi sifatida bunyodga kelgan.
O‘xshash so‘zlar
- JABARIYLAR
- JABBOROV ILHOM
- JABBOROV ISO
- JABBOROV JUMANIYOZ
- JABBOROV KOMILJON
- JABBOROVA DILAFRO’Z ABDURAHIMOVNA
- JABG’UKAT
- JABRA


