JARQANOTLAR

JARQANOTLAR, qizilqanotlar (Tichodroma muraria)— chumchuqsimonlar turkumining bir turi. Janubiy va O’rta Yevropa hamda Osiyoning Janubidagi tog’larda uchraydi. O’zbekiston tog’larining o’rmonsiz tik jarliklari va qoyalarida uzoq yashaydi. 3-4 ta tuxum qo’yadi. Qishda vodiylarga tushadi. Mayda xasharotlar, ularning lichinka va g’umbaklari bilan oziqlanadi.