JARQANOTLAR
JARQANOTLAR, qizilqanotlar (Tichodroma muraria)— chumchuqsimonlar turkumining bir turi. Janubiy va O’rta Yevropa hamda Osiyoning Janubidagi tog’larda uchraydi. O’zbekiston tog’larining o’rmonsiz tik jarliklari va qoyalarida uzoq yashaydi. 3-4 ta tuxum qo’yadi. Qishda vodiylarga tushadi. Mayda xasharotlar, ularning lichinka va g’umbaklari bilan oziqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Jarqo’rg’on
- Jarqo’rg’on minorasi
- Jarqo’rg’on tumani
- Jarqo’ton
- Jarqo’ton otashkadasi
- Jarqoq neftgaz koni
- Jarqoq platosi
- JARQUDUQSOY


