MAGNITIK ANTENNA
MAGNITIK ANTENNA — o’zagi magnit materiallaryaan yasaladigan ko’p o’ramli ramkali antenna. Magnit Material sifatida, ko’pincha, magnitodielektriklar yoki ferritlar ishlatiladi. Asosan, gektometrli va kilometrli to’lqin diapazonlari uchun ixcham radioeshittirish qurilmalarida, radiopelengasiya va radionavigatsiyada radioto’lqinlarni tutish uchun qo’llaniladi.