NORAK

NORAK — Tojikistondagi daryo. Vaxshning o’ng irmog’i. Uzunligi 20 kilometr, suv to’plash maydoni 88,6 kilometr kvadrat, havzasining o’rtacha baladngligi 1500 metr. O’rtacha yillik suv sarfi 1 metr kub/sekund chamasida. Norak asosan, mavsumiy qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Aprel—may oylarida suvi ko’payadi. Norak daryosining Vaxshga quyilish joyida Norak suv ombori to’g’oni qurilgan.