Norak suv ombori

Norak suv ombori – O’rta Osiyodagi yirik gidrotexnika inshooti. Tojikiston Respublikasi hududida, Vaxsh daryosida Norak GES to’g’oni qurilishi natijasida vujudga kelgan. 1972 yildan suv to’ldirila boshlangan. Energetika-irrigatsiya maqsadlaridagi gidrouzelning tarkibiy qismi hisoblanadi. Maydoni 98 km2, hajmi 10,5 km, uzunligi 70 kilometr, eng keng joyi 1 kilometr, o’rtacha chuqurligi 107 metr, suv ombori sathi 53 metr chamasida o’zgarib turadi. Norak suv ombori daryo rejimini mavsumiy tartibga soladi. Dasht va cho’llarni o’zlashtirish hamda 1 million gektar yaqin yerni sug’orish imkonini bergan.