Norak
Norak — Tojikistondagi shahar. 1960 yilda O’rta Osiyoning eng yirik elektr stansiyasi — Norak GESning qurila boshlashi munosabati bilan 3 ta kichik qishloq (Disabur, Tutqovul va Langar) o’rnida vujudga kelgan. Norak Dushanbadan 68 kilometr Janubi-Sharqda, Vaxsh daryosining o’ng sohilida, Dushanba — Ko’lob avtomobil yo’lining chap tomonida joylashgan. Aholisi 21 ming kishiga yaqin (1990-yillar o’rtalari). Shaharda temir-beton, non zavodlari, tikuvchilik, metallsozlik korxonalari, stadion, kutubxona mavjud.
O‘xshash so‘zlar
- NORAK
- Norak GES
- Norak suv ombori
- Noraztepa
- Norbek baxshi
- Norbekov Komilbek
- Norbo’tabiy
- Norbo’tabiy madrasasi





