VAKUUMDA ERITISH

VAKUUMDA ERITISH — metall va qotishmalarni pasaytirilgan qoldiq bosim, ko’pincha 100-0,1 MPa bosimda eritish. Bu usulda metallning fizik- mexanik xossalari yaxshilanadi, erigan metalldagi azot va vodorod gazlardan, yengil aralashma hamda metallmas qo’shilmalardan tozalanadi. Sanoatda ba’zi maxsus po’latlar, elektrni juda yaxshi o’tkazuvchi mis, berilliyli bronza va boshqa qotishmalar olishda shu usul qo’llaniladi.