AVTOMATIK ROSTLAGICH
AVTOMATIK ROSTLAGICH — biron bir ob’yektning ish maromini (masalan, stanokning tezligini) avtomatik tarzda rostlab turadigan qurilma. Avtomatik rostlagich ob’yektga va rostlovchi organga ulanadi. U quyidagi qismlardan iborat: 1) qabul qiluvchi organ; rostlanuvchi parametr miqdrrining o’zgarishini sezadi; 2) oraliq zveno; qabul qiluvchi qism harakatini kuchaytirib yoki o’zgartirib, ma’lum qonuniyat asosida ijro etuvchi organga uzatadi; 3) ijro etuvchi organ; rostlovchi organga ta’sir etadi. Rostlanuvchi parametrga qarab bosimni, temperaturani, namlikni, tezlikni, kuchlanishni, chastota va boshqalarni rostlovchi Avtomatik payvandlashlar bo’ladi. Ijro etuvchi organining harakatlanish usuliga qarab Avtomatik payvandlash mexanik (shu jumladan, gidravlik, pnevmatik) va elektr xillarga ajraladi.