ISHLAB CHIQARISH RESURSLARI
ISHLAB CHIQARISH RESURSLARI — moddiy va insoniy resurslardan tashkil topadi. Moddiy resurslar tabiiy resurslardan, ya’ni yer va yer osti boyliklari; o’rmonlar, suv resurslaridan tashkil topadi. Insonlar yaratgan resurslar esa ishlab chiqarish vositalari: asbobuskunalar, mashinalar, texnikalar, xomashyo va hokazolardan tashkil topadi. Insoniy resurslar insonlarning ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan jismoniy, aqliy qobiliyati yoki insonlarning mehnat qila olish qobiliyati va tadbirkorlik layoqatidan tashkil topadi. Tadbirkor layoqati — bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa resurslarni samarali ishlata olish qobiliyatiga ega bo’lgan insoniy resursdir.