ISHLAB CHIQARISH SIKLI

ISHLAB CHIQARISH SIKLI — ma’lum sanoat korxonasida muayyan mahsulotni tayyorlash uchun zarur bo’lgan vaqt. Mahsulot ishlab chiqarish sikli — ish davri (tayyor mahsulot olish uchun ketgan vaqt) va ishlab chiqarish jarayonidagi tanaffuslar (operatsiyalar orasida davr va smenalar o’rtasidagi vaqt) dan iborat. Ishlab chiqarish siklining asosiy texnik iqtisodiy ko’rsatkichi uning muddati hisoblanadi. Bu muddat ishlab chiqarish xarakteriga qarab soat, kun, oy bilan o’lchanadi.