ISHLAB CHIQARUVCHI NARXI
ISHLAB CHIQARUVCHI NARXI — yetkazib berilishi mumkin bo’lgan mahsulot va xizmat sifatida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqaruvchi tomonidan olinadigan tovar va xizmat birligining narxi. To’lanishi zarur bo’lgan turli mahsulot soliqlar (qo’shilgan qiymat uchun olinadigan soliqdan tashqari), sotilgan va foydalanilgan mahsulot uchun olingan subsidiyalar ham ishlab chiqaruvchi narxi tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqaruvchi mol yetkazib berishva xizmat ko’rsatish uchun alohida qo’shadigan chiqim-sarflar. U ishlab chiqaruvchi narxiga qo’shilmaydi.