O’ZBEKCHA MODEL
O’ZBEKCHA MODEL — O’zbekiston Respublikasining o’ziga xos xususiyatlari, shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlangan o’zining bozor iqtisodiyoti modeli. U o’zining tarkibiga bozor va harakat qilish tamoyillarini, chunonchi, xususiy mulk, erkin tadbirkorlik, raqobat va narxlarning erkin shakllanishini qamrab olgan. Undan tashqari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilga, ya’ni: qonun ustuvorligi, iqtisodning siyosatdan ustunligi, islohotlarni bosqichma-bosqlch amalga oshirish, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishni, islohotlarning ijtimoiy yo’naltirilishiga asoslanadi. Ushbu modelning o’ziga xos ta’rifi kuchli ijtimoiy siyosatni olib borishga yo’naltirilganligidir.
O‘xshash so‘zlar
- O’ZBEKISTON METALLURGIYA ZAVODI
- O’ZBEKISTON RESPUBHKASI TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TO’LOVCHILARINING YAGONA REESTRI
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIKLANISH VA TARAQQIYОТ FONDI
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING G’AZNA MAJBURIYATLARI
- O’ZBEKISTON TADBIRKORLARI UYUSHMASI
- O’ZGARUVCHAN ALMASHUV KURSI
- O’ZGARUVCHAN CHIQIMLAR





