OSIYO TARAQQIYOT BANKI

OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) — xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan bo’lib 1966-yil 22- avgustda kuchga kirgan. OTB tarkibiga a‘zo sifatida BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha Osiyo-Tinch okean komissiyasiga a‘zo bo’lgan davlatlargina kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61 mamlakat a‘zo. Bank faoliyatining asosiy maqsadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga ko’maklashishi, moliyaviy, texnik va iqtisodiy yordam ko’rsatish. Bank xususiy sektorni rivojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida e‘tibor qaratadi. O’zbekiston Respublikasi 1995-yilda OTBga a‘zo bo’lgan. Respublikaning ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollariga teng.