Osiyo chigirtkasi

Osiyo chigirtkasi (Locusta migratoria migratoria L.) — chigirtkalarning galalashib yashovchi kenja turi. Bo’yi 35-55 millimetr, kulrang, sarg’ish-yashil yoki yashil; qanoti ustida qo’ng’ir xollari bor. Lichinkalari yolg’iz yashaydigan davrida yashil, sariq, qora, galalashib yashaydigan davrida esa kora xolli och sariq. Osiyo chigirtkasi Janubiy Evropa, Qozog’iston, O’rta Osiyo, Janubiy Sibir, Mongoliya, Shimoliy-G’arbiy Xitoy, Hindiston, Eron, Afg’oniston va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Rossiyaning Yevropa qismi Janubdagi daryo etaklari, shuningdek, Amudaryo, Sirdaryo deltalaridagi qamishzorlarda ko’p uchraydi. Osiyo chigirtkasi deyarli hamma ekinni, ayniqsa, g’allani qattiq zararlaydi.