Osiyo depressiyasi

Osiyo depressiyasi, Janubiy Osiyo depressiyasi — Osiyo ustida paydo bo’ladigan past bosimli barik maydon. Yozda O’rta Osiyoning Janubi-sharqida quruq va issiq ob-havoni yuzaga keltiradigan frontsiz, 2 berk izobara bilan o’ralgan past bosimli, tsiklonli, tsirkulyasiyasi yaxshi ifodalangan kuyi troposferada sodir bo’ladi. Osiyo depressiyasi o’rtacha 2,2—2,5 kun, ba’zi vaqtlar 5-7 kungacha davom etishi, shu davrda temperatura 40-45° gacha ko’tarilishi mumkin. Osiyo depressiyasi vaqtida eng past temperatura 30°. Osiyo depressiyasi qancha ko’p ko’tarilsa va uning mavjud davri qancha uzoq bo’lsa — yoz issiq, aks holda salqin keladi. Shamol va chang-to’zonlar ko’tariladi, uzoqni ko’rish sezgirligi 4-10 kilometrgacha kamayadi. Osiyo depressiyasi markazidagi bosim iyul oyida taxminan 995 gPa. Uning Janub qismi ekvatorial depressiya, ya’ni Osiyo materigining ekvatorial qismida qizigan va tropik kengliklarga siljigan havodan, shimoliy qismi esa materik ustida ko’p uchraydigan tsiklonlardan tashkil topadi. Osiyo depressiyasi yoz oylarining o’rtacha ko’p yillik xaritalarida beriladi.