«Osiyo»
«Osiyo» — jadidlar gazetasi. 1908 yil 9 apreldan Toshkent shahrida A. Bektemirov muharrirligida nashr etilgan. «Xurshid», «Shuhrat» gazetalari ishini davom ettirib, maorif sohasidagi islohotlar, dunyoviy ilmlarni o’rganish zarurligi, ma’naviy va iqtisodiy masala-muammolar to’g’risida yozilgan maqolalar va she’rlarga keng o’rin ajratgan. A. Ibrohimov, Munavvarqori, A. Avloniy va boshqa jadid adiblarining maqolalari e’lon qilingan. Jami 5 soni chiqqach, chor mustamlakachi ma’murlari tomonidan yopilgan.
O‘xshash so‘zlar
- «Oyna»
- «Oysuluv»
- «Ozod Yevropa»/»ozodlik»
- “Oq terakmi, ko’k terak?”
- {:uz}O’Nil (O’Neill) Yujin Gladstoun{:}
- {:uz}Oaxaka{:}
- {:uz}Obixingov{:}
- {:uz}Odin{:}

