Osetinlar

Osetinlar (o’zlarini — Iron, Digoron deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasi (402,6 ming kishi; shimoliy Osetiyada 335 ming kishi) va Gruziyadagi (164 ming kishi; Janubiy Osetiyada 65 ming kishi) xalq. Umumiy soni 598 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Osetin tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar, sunniy musulmonlar ham bor. Etnogenezi jihatidan forsiy xalq hisoblanadi. Osetinlarning shakllanishida skiflar, sarmatlar, alanlar hamda Shimoliy Kavkazning qadimgi aholisi ishtirok etgan. Alanlar Osetinlarning eng yaqin ajdodlari hisoblanadi. Osetinlarning aksariyati sanoatda band, shuningdek, tekisliklarda dehqonchilik va tog’li tumanlarda chorvachilik (qo’ychilik) bilan shug’ullanadilar.