Orqatog’

Orqatog’ —Kunlunning Markaziy qismidagi tog’tizmasi, Xitoy hududida. Uzunligi 650 kilometr. Eng baland joyi 7723 metr (Ulug’muztog’ cho’qqisi, Kunlundagi eng baland cho’qqi). Asosan, granit, gneys va qumtoshlardan tuzilgan. Cho’qqilari yassi, yon bag’irlari qiya, hamma qismida qurum toshlar uchraydi. Toshloq cho’llar, ko’lli botiqlar va vodiylar bor. Tog’ tepalari adabiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Shimoliy yon bag’rida oltin konlari topilgan. Tizmani 1884 yilda rus sayyohi N. M. Prjevalskiy tadqiq etgan.