Oshanin Vasiliy Fedorovich

Oshanin Vasiliy Fedorovich [1844.21.12(1845.2.1), Lipesk viloyati Dankov tumani — 1917.25.1(7.2), Petrograd] — rus entomologi va sayyohi. Moskva universitetini tugatgan. 1872-1906 yillarda Turkistonda ishlagan. 1878 yil Pomirga ekspeditsiya uyushtirib, Fedchenko muzligini kashf etgan. Asosiy ilmiy ishlari O’rta Osiyo va Rossiyaning Yevropa qismi o’rta mintaqasi yarim qanotli va teng qanotli hasharotlarini o’rganishga bag’ishlangan. Yangi turlarni kashf qilgan, 5 mingdan ko’proq turlarning sistematik va geografik katalogini tuzgan. As: Zoogeograficheskie zadachi v turkestane, T., 1880; Zoogeograficheskiy xarakter fauni polujestkokrilix Turkestana, SPb, 1891; Ukazatel literature pri opredelenii fauni polujestkokrilix, T., 1916.