Oq dengiz

Oq dengiz — shimoliy Muz okeanining ichki dengizi. Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoliy qirg’oqlariga tutash. Shimolda Gorlo bo’g’ozi orqali Barents dengizi bilan bog’langan. Maydoni 90 ming km2. O’rtacha chuqurligi 67 metr, eng chuqur joyi 350 metr. Yirik qo’ltiqlari: Kandalaksha, Onega, Dvina, Mezen. Yirik orollari: Solovki, morjoves, Mudyuga. Oq dengizga shimoliy Dvina, Mezen, Onega, Vig, umba, Varzuga, Ponoy daryolari quyiladi. Iqlimi dengiz qutb iqlimi bilan kontinental mo’tadil iqlim orasida. Yanvarda havoning o’rtacha temperaturasi -9° dan — 13° gacha, iyulda 8° -15°. Yillik yog’in Janubda 529 mm, shimoli-sharqda 282 mm. Suvining temperaturasi dengiz yuzasida yozda 6,9° dan 15° gacha, qishda markaziy qismida -1,3° dan -1,7° gacha va qo’ltiqlarda 0,5° dan 0,7° gacha. Suvining sho’rligi 24 %i gacha. Oq dengiz oktabr—noyabrdan boshlab may—iyungacha muzlab yotadi. Suv ko’tarilishi 10 metrgacha. Dengiz tubida yashaydigan 720 tur hayvon, 60 turdan ortiq baliq, 5 tur dengiz sut emizuvchilari bor. Portlari: Arxangelsk, Onega, Belomorsk, Kandalaksha, Kem, Mezen, Umba. Oq dengiz Oq dengiz — Boltiq kanali orqali Boltiq dengizi va Volga — boltiq suv yo’li orqali esa Azov, Kaspiy va Qora dengizlar bilan tutashgan.