Oq kishmish

Oq kishmish — o’rtapishar, mayizbop uzum navi. Vatani — Markaziy Osiyo va yaqin Sharq. Uning Kishmishi Safed, Bedona mayiz, kishmish, Sultonina (Frantsiya), Tompsson Sidlesse (AQSh) nomlari bor. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha kattalikda, dumaloq, 3-5 bo’lakchali, guli ikki jinsli. Uzum boshi o’rtacha kattalikda (bo’yi 17, eni 10 santimetr), shakli tsilindr-konussimon, shingillari zich. G’ujumi urug’siz, yuma-rangi och sariq, yupqa, qarsillaydi. Sentabr boshlarida to’liq pishadi. Tarkibida 25-26% qand, 4-4,5 g/l kislota bor. Oq kishmish navi qurg’oqchilikka chidamli, sovuqqa chidamsiz. Kul, atrakioz, barg o’rovchilardan zararlanadi. Hosildorligi 200-250 ts/ga. Uzumi yangiligida yeyiladi, mayiz qilinadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan. Samarqand viloyatida ko’p ekiladi.