Oshiq, oshug

Oshiq, oshug — Ozarbayjon, arman va boshqa xalqlarda shoir, xonanda va bastakor. Oshiqlar san’ati qadimgi turkiy o’zon va arman Gusanlar an’analari negizida 16-17-asrlarda rivoj topdi. Repertuaridan ishqiy, qahramonlik, nasihatomuz va boshqa qo’shiqlar, dostonlar («Kurugli», «Asli va Kerem», «oshiq g’arib» va boshqa;ar), Oshiqlarning ijodiy musobaqalarida ijro etiladigan aytishuvlar o’rin olgan. Musiqa uslubiga baland pardalarda kuylash, tor hajmdagi ohanglar, ritmik badihago’ylik, band-naqarot shakllar xosdir. Oshiqlar musiqa ijrosida soz, tor, kemancha kabi mu-siqa cholg’ularidan foydalanadi. Tarixda Sayatnova, Jivani, Sheram, Miskin Burji, Qurboni, Dilgam, Alesker, 20-asrda A. Rzayev, M. Bayramov, Grigor, Ashot va boshqalar. Oshiqlar tanilgan.