Oshiqo’t

Oshiqo’t (Chrorophora Neck.) – sutlamadoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turkumi. O’zbekistonda bir necha turlari, xususan, Olmagul Oshiqo’t (Ch. hierosolymitana Spreng.), qiyshiq Oshiqo’t (Ch.obliqua (vahl) A. Juss.) uchraydi. Bir uyli, ayrim jinsli o’simlik. Sershox, barglari uzun bandli, keng tuxumsimon yoki rombsimon, chetlari o’yma tishchali, uzunligi 2,5—6 santimetr, eni 1,8—5 santimetr. Tojbarglari ko’p, tupguli shingilsimon, sershox, chochoqtupgulli. Changchi gullari 5-8 ta, gulkosa va gultojibarglari 5 bulakli, urug’chi gullari 2-6 ta, uzun gulbandda o’rnashgan. Kusakchasi tuklar bilan qoplangan. May— sentabr oylarida gullab, urug’laydi. Kupincha adir va tog’li mintaqalarda, ekinlar orasida o’sadi.