«Oysuluv»
«Oysuluv» — o’zbek xalq dostoni. Ergash Jumanbulbul o’g’lidan H. Zarifov yozib olgan. Bosh qahramoni Oysuluv — Turon mamlakatining podshosi. Doston chuqur ijtimoiy-siyosiy mazmunga boy bo’lib, unda xalqning orzu-umidlari, vatanparvarlik tuyg’ulari, bosqinchilarga qarshi kurashi aks etgan. Oysuluv o’z xalqi va yurtiga sodiq, vatanparvar, mard, jasur, kurashda tengsiz, dushmanga ayovsiz afsonaviy qahramon obrazidir. Oysuluv Eron podshosi — bosqinchi Doro lashkarlariga qarshi qahra-monona jang qiladi va uni tor-mor etadi. Oysuluv O’rta Osiyo xalqlari afsonalaridagi qahramon ayol To’maris obrazini eslatadi.
O‘xshash so‘zlar
- «Ozod Yevropa»/»ozodlik»
- “Oq terakmi, ko’k terak?”
- {:uz}O’Nil (O’Neill) Yujin Gladstoun{:}
- {:uz}Oaxaka{:}
- {:uz}Obixingov{:}
- {:uz}Odin{:}
- {:uz}Odnodvoretslar{:}
- {:uz}Odoakr{:}

