Odnodvoretslar

Odnodvoretslar (ruscha), yakka hovlilar-Rossiyada davlat dehqonlarining bir guruhi, hukumat tomonidan janubiy rayonlarni Qrim yoki Astraxan tatarlarining hujumidan himoya qilish uchun joylashtirilgan mayda xizmatchilarning avlodlari. Odnodvoretslar XVI-XVII asrlarda mayda xizmatchilar bo’lib, dvoryanlar bilan dehqonlar oralig’idagi o’rinni egallaganlar. Odnodvoretslar xizmatlari uchun yer olganlar, ba’zan krepostnoy dehqonlari ham bo’lgan, dehqonlar qatori soliq to’laganlar. Odnodvoretslar foydalanadigan yerlar o’zlariniki bo’lmay, davlat yerlari hisoblangan. Odnodvoretslar asosiy ommasi Oryol, Kursk, Voronej va Tambov guberniyalarida joylashgandi. Muntazam armiya tuzilgach, Odnodvoretslarning avvalgi ahamiyati yo’qolib, davlat dehqonlari guruhlaridan biriga aylangan.