UTILITARIZM

UTILITARIZM (lot. utilitas — foyda, manfaat) — barcha hodisalarini ularning faqat foyda keltirishi, muayyan maqsadga erishish uchun vosita bo’lib xizmat qilish imkoniyati nuqtai nazaridan baholash prinsipi; Fanlarda foyda, samaralilikning bosh tamoyil ekanligidan kelib chiqadigan yo’nalish; Inson faoliyatining asosida foydaga erishish, oqillik yotishini asoslovchi nazariyalar. Asoschisi U.Bentam.