UTOPIYA

UTOPIYA (yun. utopia – yo’q joy, xayoliy joy, boshqa taxminlarga ko’ra, eutopia – farovon joy) — ilmiy asoslab berilmagan ideal ijtimoiy tuzum tasviri; ilmiy fantastika janri; ijtimoiy katta o’zgarishlarning noreal rejalari aks etgan barcha asarlarning atalishi. ―Utopiya termini T.Morning ―Utopiya asari nomidan olingan. Bu tushuncha keyinchalik adolatli ijtimoiy tuzum timsoli – bir xayoliy mamlakat tavsifi sifatida qo’llaniladigan bo’ldi.