UYUSHMAGAN GURUHLAR

UYUSHMAGAN GURUHLAR — manfaatli guruhlarning tuzilish prinsiplari bo’yicha bo’lingan turlaridan biri. Uyushmagan guruhlar aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo’lmagan norasmiy guruhlardir. Bu turdagi manfaatli guruhlar xilma – xil ijtimoiy harakatlar misol bo’ladi. Ular na nizomlarga, na tuzilmaga, na a‘zolikka, na aniq, miqdoriy chegaralarga ega. Bu guruhlarda yuzlab, minglab va undan ham ko’proq kishilar ishtirok etadilar. Guruh ishtirokchilari o’rtasidagi aloqa g’oyaviy xarakterda bo’ladi, ammo uyushgan tashkilotlardan farqli o’laroq bilan to’ldirib, boyitilib borimaydi. Uning tashkiliy shakllari epizodlik xarakterga ega. Bu mitinglar, namoyishlar, turli xil murojatnomalardir.