Valiahd
Valiahd-podshoh yoki xonning tiriklik chog’ida o’z o’rniga tayinlab qo’ygan taxt vorisi. Valiahd podshoh yoki xonning qaroridan keyin maxsus davlat kengashida tasdiqlangan. Chingizxon va Amir Temur zamonida valiahd tayinlashda ularning yoshiga emas, balki davlatni boshqara olish qobiliyatiga e’tibor berilgan. Masalan: Amir Temur o’g’illari Mironshoh va Shohruhni emas, balki nabirasi Muhammad Sultonni, u vafot etgach, Mirzo Jahongirning o’g’li Pirmuhammadni valiahd qilib tayinlagan edi.