Vaqfnoma

Vaqfnoma-mulk egalarining o’z yer-suvi, xo’jalik binolari va daromad keltiriladigan boshqa mulklarini diniy muassasalar – masjid, madrasalar hamda ayrim ruhoniylarga – eshon, muftiylarga, so’fiylik jamoalari izmiga ixtiyoriy suratda o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjat. Vaqfnomada mulkning vaqfga o’tkazilish sababi, mulk egasining nomi, vaqf qilingan mulkning mutavallisi (boshqaruvchisi), vaqf mulkidan foydalanish tartibi, guvohlar aniq ko’rsatilgan.