MUFULIRA
MUFULIRA — Zambiyaning markaziy qismidagi shahar. Aholisi 153 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l stantsiyasi. Mis qazib chiqariladigan rayonning muhim sanoat markazi. Qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Poligrafiya, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, portlovchi moddalar va metal buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, issiqlik elektr stansiyasi bor.