Jedin asri va yarusi

Jedin asri va yarusi, jedin (Belgiyadagi Jedinn shahri nomidan) — devon davri erta epoxasining boshlanish asri va o’sha vaqtda hosil bo’lgan yotqiziqlar. 1848 yilda angliyalik A. Dyumon alohida yarus sifatida ajratgan. Yarusning tog’jinslari kembriy davri yotqiziqlariga transgressiv holda yotadi, asosi konglomerat, yuqorisi qumtosh, alevrolit va argillitdan tashkil topgan. Quyi va yuqori Jedin asri va yarusiga bo’lingan. Quyisiga (Mopograptus uniformis va Icriodus woschmidti Liege) va yuqorisiga — Belgicospis crouchi Lank faunasi xos. Jedin asri va yarusi yotqiziqlari O’zbekistonda Turkiston va Hisor tog’larida uchraydi, Belgiya, Germaniya, Angliya, Chexiya, Marokash, AQSh, Ukraina (Podoliya), Rossiya Federatsiyasi (Ural, Sibir)da tarqalgan. Yotqiziqlarining qalinligi bir necha metrdan 650 metrgacha.