Usmon Qoraboyev. O’zbek xalqi bayramlari
Muqaddima
Eng qadimgi davrlardan bayramlar inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Zero ularsiz insoniyat hayotini mutlaqo tasavvur qilib bo’lmaydi. Bayramlar xalq hayotining eng yaxshi va go’zal tomonlarini aks ettiruvchi ko’zgudir.
“Bayram — xalqning shodlik va xursandchilik kunidir”- degan edi Sharqning buyuk olimi Mahmud Koshg’ariy. Darhaqiqat, bayramlar tufayli shodiyonalar, tantanali voqealar, muhim sanalar, ulkan yutuqlar nishonlanadi. Bayram bosib o’tilgan yo’lni chuqur anglash, qo’lga kiritilgan g’alabalardan ruhlanish, ertangi kunga ishonch bilan qarashga yordam beradi.
Bayramlarni nishonlamaydigan shaxs, oila yoki jamoani topish qiyin. Har bir millat va davlatning ham o’z bayramlari bo’ladi. Keyingi davrlarda xalqaro darajada nishonlanadigan umuminsoniy bayramlar tobora ko’paymoqda.
O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbeklarning ham eng qadimiy davrlardan shakllana boshlagan, avloddan-avlodga o’tib, takomillashib, bebaho merosga aylangan bayramlari ko’p. Bu bayramlarning ma’lum qismi tarixning “sovuq shamollari” — bosqinchilik siyosati va turli hukmdorlar tazyiqiga uchrab, nohaq yo’qotilgan, ayrimlari esa qarama-qarshiliklarni yengib, ko’pgina fazilatlaridan ajralsa-da, butunlar yo’qolib ketmagan. Ba’zilar esa xalq hayotidan mustahkam o’rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan.
Azaldan mehmondo’st sanalgan o’zbek xalqining bayramlari boshqa ellar bilan tarixiy-madaniy aloqalar jarayonida rivoj topgan va bevosita ularning bayramlariga ta’sir etgan hamda ular ta’sirida boyigan. Mustaqillik sharofati bilan odat, marosim va bayramlar ildiz tarixi, ularning xalqimiz madaniy hayotidagi o’rni o’rganila boshlandi, qadriyatlarimiz ulug’landi. Bu borada e’lon qilingan risola va maqolalar bayramlarining ayrim muammolarini tadqiq etishni taqozo etadi. Biroq o’zbek xalqi bayramlari tarixi, an’analari va hozirgi holati atroflicha keng o’rganilgan emas. Qadimgi va hozirgi bayramlarning paydo bo’lishi, tarixiy rivojlanishi, muammolari haqida maxsus monografiya, ilmiy-ommabop kitob, darslik va o’quv qo’llanmalar yaratish tarixiy zaruriyatdir. Chunki xalq o’z Vatanida paydo bo’lgan, ajdodlari nishonlab kelgan va hozirgi paytda nishonlanayotgan bayramlarning tarixi va an’analarini bilmog’i kerak. Bu ayniqsa, ziyolilar, o’qituvchi va talabalar, madaniyat xodimlari, bayram va tadbirlar tashkilotchilar uchun juda zarur. Mazkur kitob mamlakatimizda bayramlarga bo’layotgan katta e’tibor va hayotiy ehtiyoj asosida paydo bo’ldi.
An’ana, odat, marosim va bayram tushunchalari
Bayramlarning mohiyati va asosiy xususiyatlari
O’zbek xalqi bayramlarini o’rganish zaruriyati
Ibtidoiy odamlar hayoti bilan bog’liq odatlar
Qadimiy e’tiqodlar asosida paydo bo’lgan odatlar
Zardushtiylar odatlari
Zardushtiylar bayram taqvimlari
Islomiy bayramlar
Ommaviy xalq bayramlari
Temuriylar davri bayramlari
Bayramlarning umumiy holati
Mavsumiy bayramlar
Bayram tomoshalari
Milliy uyg’onish davri bayramlari
Sho’rolar tuzumi davridagi bayramlar
Mustaqillik hamda uning dastlabki davridagi bayramlar
Sumalak sayli
Gul sayli
Suv sayli
Tut sayli
Qum sayli
Mehrjon
Qovun sayli
Uzum sayli
Anor va anjir sayli
Hosil to’yi
Birinchi qor
Yaldo kechasi va Qishki chilla
Gap-gashtak
Farzand tug’ilmasdan avval amal qilinadigan odatlar
Chaqaloq chilla
Ism qo’yish odatlari
Tug’ilgan kun
Beshik to’yi
Birinchi qadam bayrami
Sunnat to’yi
Muchal yoshi
O’zbek to’ylari
Nikoh to’ylari
Kumush to’ylari
Kumush, oltin va olmos to’ylar
Qariyalar bayramlari
Ro’za hayiti
Qurbon hayiti
Boshqa diniy bayramlar
Mustaqillik davri bayramlari
Mustaqillik bayrami
Konstitutsiya kuni
Yangi yil bayrami
Xotin-qizlr bayrami
O’qituvchilar va murabbiylar kuni
Xotira va qadrlash kuni
Xalqaro madaniy bayramlar
Buyuk siymolar tavalludlari
Qadimgi shaharlar va tariiy qadriyatlar yubileylari
San’at va ijod – ko’rik tanlovlari
Til va kitob bayramlari
O’quvchilar bayramlari
Talabalar tadbirlari
Xalq o’yinlari
Kurash bayrami
Yoshlar musobaqalari
Tennis bayrami
Xalqaro sport musobaqalari
Qishloq xo’jalik xodimlari bayramlari
Urug’ qadash marosimi
“Oq oltin karvoni” bayrami
Hosil bayrami
Mehnat jamoasiga qabul qilish marosimi
Mahorat ko’rigini o’tkazish tantanasi
Tadbirkorlarga bag’ishlangan tantanalar
Avlodlar uchrashuvi tantanasi
Ilg’or ishchini nafaqaga kuzatish marosimi
Tabiat bayramlari
Tabiatsevarlar ko’rigi
Gullar va qushlar bayrami O’zbekiston bayramlari va muhim sanalar taqvimi