BEXTEREV MIKSTURASI

Ma’nosi

BEXTEREV MIKSTURASI — Markaziy nerv sistemasini tinchlantiradigan suyuq dori. V. M. Bexterev taklif etgan. Tarkibida Adonis damlamasi, natriy (yoki kaliy) bromid va kodein bor. Nevroz, isteriya va Markaziy nerv sistemasining boshqa kasalliklarida, shuningdek uyqusizlikda kuniga 2-3 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi.

O‘xshash so‘zlar

B harfi: barcha so‘zlar