Ekliptika

Ekliptika (yunoncha yeklipsis — tutilish) — osmon sferasining Quyoshning yillik ko`rinma harakati ro`y beradigan katta doirasi. Bu harakat Yerning Quyosh atrofidagi harakatini aks ettirganligidan, ekliptikani osmon sferasining Yer orbitasi tekisligi bilan kesishishi deyish mumkin. «Ekliptika» so`zining kelib chiqishiga sabab shuki, Oy orbitasi ekliptika bilan kesishgan nuqtalar yaqiniga Oy kelgan paytlardagina Quyosh bilan Oy tutiladi.