Ekliptika
Ekliptika (yunoncha yeklipsis — tutilish) — osmon sferasining Quyoshning yillik ko`rinma harakati ro`y beradigan katta doirasi. Bu harakat Yerning Quyosh atrofidagi harakatini aks ettirganligidan, ekliptikani osmon sferasining Yer orbitasi tekisligi bilan kesishishi deyish mumkin. «Ekliptika» so`zining kelib chiqishiga sabab shuki, Oy orbitasi ekliptika bilan kesishgan nuqtalar yaqiniga Oy kelgan paytlardagina Quyosh bilan Oy tutiladi.
O‘xshash so‘zlar
- EKLIPTIKA
- Ekologik geografiya
- Ekologik muvozanat
- Ekologik omillar
- Ekologiya
- Ekspansiya
- Eksport
- Ekspozitsiya, yonbag`ir ekspozitsiyasi





