Ekzosfera
Ekzosfera (yunoncha yekzo — tashqi, sfera — shar) — atmosferaning eng siyrak tashqi qismi. Yer yuzasidan 450-800 km balandda boshlanib, bir necha ming km ga yetadi. Ekzosferada havo shu qadar siyrakki, yengil gaz (vodorod, geliy, kislorod) zarralari katta tezlik bilan harakat qilib, kosmik fazoga o`tib ketishi mumkin. Ekzosfera– yer atmosferasining ionasfera ustidagi tashqi qismi.
O‘xshash so‘zlar
- EKZOSFERA
- Elyuviy
- Emigratsiya
- Endogen jarayonlar
- Energetik resurslar, energoresurslar
- Energetika, energetika xo`jaligi
- Energiyani ko`p ishlatadigan ishlab chiqarishlar
- Energosistema


