Ekzogen jarayonlar
Ekzogen jarayonlar — Yer yuzasida va yer po`stining yuza qismida quyosh radiatsiyasi energiyasi, yerning tortish (gravitatsion) kuchi va organizmlar hayot faoliyati natijasida ro`y beruvchi jarayonlar. Bu jarayonlar endogen jarayonlarga qarama-qarshi bo`lib, yer yuzasidagi notekisliklarni tekislaydi. Bularga nurash, suv va shamol eroziyasi, muzliklar, yer osti suvlari ishi, dengiz to`lqinlari va h.k.larni kiritish mumkin.
O‘xshash so‘zlar
- EKZOGEN
- EKZOGAMIYA
- EKZOGEN JARAYONLAR
- Ekzosfera
- Elyuviy
- Emigratsiya
- Endogen jarayonlar
- Energetik resurslar, energoresurslar


