Geografik komponent

Ma’nosi

Geografik komponent — geografik qobiq va landshaftlarning asosiy strukturaviy qismi. Geografik qobiq to`rt geografik komponent — atmosfera, biosfera, gidrosfera va litosferaning bir butunligidan iborat. Landshaft komponentlariga tog` jinslari, relyef shakllari, havo massalari, suvlar, o`simlik va hayvon turkumlari kiradi. Geografik komponent — tarmoq tabiiy geografik fanlar — geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanologiya, quruqlik gidrologiyasi, tuproqshunoslik, geobotanika, zoogeografiya va boshqalarning o`rganish predmetidir.

O‘xshash so‘zlar

G harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar