Gilli slanets
Gilli slanets — gillarning yer po`stida bosim ta’sirida siqilishidan paydo bo`ladigan metamorfik tog` jinsi. Gilli slanets qatlanib ajralish xossasiga ega. Suvda ivimaydi, gilga nisbatan qattiq. Qora, kulrang, goho yashil rangda uchraydi. Gilli slanetsdan qurilishda, qalam ishlab chiqarishda, qishloq xo`jaligida ug`it sifatida foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Gilli beton
- Gilli slanes
- Gilli cho’llar
- Gilli minerallar
- Gilmoya
- Gilvata
- Giperboriy okeani
- Giperurbanizatsiya


