INSOLYATSIYA
INSOLYATSIYA (lotincha incolo — quyoshga tutaman) — 1) yer sirtining quyosh radiatsiyasida nurlanishi. Muayyan vaqt birligi mobaynida 1 sm2 sirtga tik tushayotgan quyosh nuri engergiyasi bilan ifodalanadi. Quyosh radiatsiyasining atmosferada yutilishi, sochilishi va qaytishi natijasida Insolyatsiya kun davomida va shuningdek, faeldan faelga juda tez (0 dan 1,5 kal/sm2 min va undan ortiq) o’zgaradi. Uy va binolarni loyihalashda Insolyatsiya hisobga olinadi. Masalan, binoni, ayniqsa, turar joylarni kungay joyga solishga harakat qilinadi. Insolyatsiya miqdori aktinometr va pirgeliometr bilan o’lchanadi; 2) tibbiyotda — quyosh nuri bilan davolash va badanni chiniqtirishda Insolyatsiyadan keng foydalaniladi. Davolash muassasalari, sanatoriylarda maxsus insolyariylar bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- Insolyatsiya
- Insolyatsiya
- Inson huquqlari
- INSON HUQUQLARI BO’YICHA MILLIY MARKAZ
- Inson huquqlari to’g’risida paktlar
- INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI
- Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari
- Insonparvarlik


