KERAMZIT
KERAMZIT (Yunoncha Keramos — loy) -yengil eruvchan loysimon jinsni pishirib olinadigan g’ovak material. Shag’al, chaqiq tosh yoki qum ko’rinishida tayyorlanadi. Yengil betonning to’ldirgichi, filtrlovchi material, issiqlik va tovush izolyatsiyalari sifatida ishlatiladi. Hajmiy masasi 150-800 kilogramm/metr kub, qisilishga mustahkamligi 0,3 — 6 MPa.
O‘xshash so‘zlar
- Keramzit
- Keramzit-beton
- Keramzit tsementi
- Keramzitli shag’al
- Keramzitli gips beton
- Keramzitli temir-beton
- Keramzitli perlit beton
- Keramzitli beton qorgich


