Madera

Madera — uzumdan tayyorlanadigan o’ziga xos xushta’m kuchli vino. M. tay- yorlash uchun dub bochkalarda saqlanadigan vino materiallariga muayyan davr davo- mida havo berib yoki germetik rezervu- arlarda kislorodni me’yorlash b-n issiq joyda ishlov beriladi (maderizasiya). M. vino z-dlarida maxsus kurilmalarda tayyorlanadi. Vino maxsus xona (mader- nik)larga yoki quyosh nuri b-n isitila- digan oynavand kameralarga joylashti- riladigan bochkalarda bir yoki bir necha mavsum saqlanadi. Oddiy M. uchun vino materiallar ma- derizasiyasi 60-65°da 3 oygacha, o’rtacha sifatlisi uchun 45-50°da 4-4,5 oy, eng yaxshi sifatlisi uchun 40-45°da kami- da 6 oy davom etadi. Markali M. bochka yoki shishalarda yana 2-4, ba’zan 3 yil saqlanadi. M. vatani—Atlantika okea- nidagi Portugaliyaga tegishli Madeyra o.hisoblanadi (vino nomi shundan). Bu orolda vino bundan 5-a. muqaddam VI- nobop uzum navlari (sersial, Malva- ziya)dan tayyorlangan. MDHda M.ning 2 turi — spirt hajm hissasi 19-19,5% va qand kontsentrasiyasi 3-6 g/100 sm3 bo’lgan kuchli M. va spirt bo’yicha 18% hajm va qand bo’yicha 1,5 g/100 sm1 bo’lgan kuchsiz M. ishlab chiqariladi. M. vino- lari Ukraina (Qrim M.si, Massandra M.si), Rossiya (don M.si, Kuban M.si), Turkmenistan (ko-petdog’M.si)da aligo- te, Rkatselli, sersial va b. uzum navla- ridan tayyorlanadi. Olimjon Alimov.