Madiy, Madies

Madiy, Madies — saklar shohi (mil.AV. 7-a.). Midiya shohi Fraort OS- suriyaliklar b-n bo’lgan jangda engil- gach, o’g’li Kiaksar qo’shinni qayta tuzib, urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Gerodottng yozishicha, Kiaksar otasi uchun qasos olish maqsadida Nin sh.ga yurish qilib, ossuriyaliklarni engadi, Nin sh.ni qamal qilgan paytida uning mamlakati hududiga skiflar (saklar) ning ulkan qo’shini bostirib kiradi. Ko’pchilik olimlar ularni saklar deb hisoblaydi. Saklarnint podshosi M. bo’lib, u Partatuy (Protofiey)ning o’g’li bo’lgan. G’arbiy Turkistondan mas- sagetlar tomonidan siqib chiqarilgan (mil.AV. taxm. 720), saklar kimmeriy- larnk Evropadan quvib chiqarib, Osi- yoda ta’qibni davom ettirganlar va shu tariqa Midiya erlariga bostirib kir — ganlar. M. midiyaliklarni jangda engib, ularning qudratini sindirgan. Gero- dotning xabar berishicha, skiflar bu- tun Osiyo bo’ylab o’z hukmronliklarini tarqatganlar. So’ngra M. Misrga yurish qilgan. Fala-stinda Misr podshosi Psammetix M.ni sovg’asalomlar b-n ku- tib olib, undan yurishni davom ettir- maslikni iltimos qilgan. Skiflar shu erdan orqaga qaytishgan. Ular Osiyoda 28 yil hukmronlik qilganlar. Kiak- sar M.ni jangda enga olmaganidan so’ng hiyla ishlatgan. M. b-n sulh tuzib, uning jangchilarini yarashish ziyofatiga taklif etadi. Ularni to maet bo’lgunlarigacha ichirishgan. Sarxush bo’lib qolgan M. va uning askarlarini shu erda tig’dan o’tkazadilar. Ayrim tadqiqotchilar (A. Abdurahmonov) fikricha, Madi turkiy- cha ismdir. Maad qad. turkiy tildagi Alp, Bahodir so’zining sinonimi sha- klidir. Tuva tilida bu so’z hozirgacha saqlanib qolgan bo’lib, Maadir sha- klida qo’llaniladi. Ya’ni Maadbotir, Bahodir, — ir esa er demakdir. Maadir- ning yana bir turkiycha ko’rinishi Alp Er hisoblanadi… Bu o’rinda Madi, ma’- Di kabi nomlar hoz. turkiy, jumladan, O’zbekcha ismlar orasida mavjuddir. Ba’- zi olimlar (R. Girshman)ning fikricha, M. qabri Jan. Ozarbayjon (Eron)dagi qad. Zivie tepaligida joylashgan. Ad.: Gerodot, Istoriya v 9 knigax, L., 1972. Faxriddin Hasanov.