Maydontol tizmasi

Maydontol tizmasi G’arbiy Tyaiiianlagi tizma (Toshkent viloyati). Piskom daryosining yuqori oqimida. Maydontol va Oyganing daryolari ora- ligida. Jam.garblan shim.-sharqqa 50 km cho’zilgan. G’arbla Talas Olatopi tiz- masiga tutashadi. M.t. ning suvayirgich qismidan Qozog’iston b-n O’zbekiston chegarasi o’tgan. O’rtacha bal. 3800— 4000 m. Eng baland joyi 4269 m. M.t. yirik antiklinal, asosan, karbon davrining intruziv jinslari, shuningdek, oxaktosh va slaneilaridan tuzilgan. Tizma kuch- li parchalangan, Oygaying daryosi o’zami b-m suvayirgich orasidagi farq 1500— 1700 m. Tizmaming tik shim.garbiy va Jan.-Sharqiy yon bagirlarila soy kup (Sariboshsoy, Tekashsoy, To’ragansoy, Qorabotqoqsoy vab.). M.t.ning suvay- irgich qismiga o’tkir qirrali cho’qqilar (qiyaligi 60-70°), Karr va tsirklar xos. Ularda qor va muz uyumlari to’plangan. 2800 m dan boshlab subalp balandlik mintaqasi boshlanadi. Bu mintaqada qo’ngir-bosh, to’ngizsirt, tog’shairi o’sadi. 3200 -3500 m balandlikdan yuqorisi Alp mintaqasiga mansub. Bu erda to’ngizsirt, qoraqiyoq, turli xil tikanli o’simliklar tarqalgan. M.t.dan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.